Futbol bo‘yicha 2027-yilgi Osiyo kubogining o‘tkazilish muddati o‘zgardi. Bu haqda Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) rasmiy sayti xabar berdi.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan musobaqa avval 2027-yil 7-yanvardan 5-fevralgacha bo‘lib o‘tishi kerak edi. Yangi taqvimga ko‘ra, turnir 2027-yil 23-dekabrdan 2028-yil 21-yanvargacha o‘tkaziladi.
OFK bu qaror mintaqadagi favqulodda vaziyat, logistika bilan bog‘liq qiyinchiliklar va safarlardagi uzilishlar tufayli qabul qilinganini bildirdi. Musobaqaning yangi sanalari tasdiqlash uchun FIFAga taqdim etiladi.
Konfederatsiya Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi va mahalliy tashkiliy qo‘mita bilan hamkorlikni davom ettirib, turnirni yuqori saviyada o‘tkazishini ma’lum qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi