Live
1
O'zbek

«Liverpul» Valverde uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi

Futbol
3 noyabr, 01:10
Mersisaydliklar Federikoni Mak Allister o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.
«Liverpul» Valverde uchun 100 mln yevro taklif qilmoqchi
Foto: Getty Images

«Liverpul» «Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde uchun 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mersisaydliklar urugvaylik futbolchini Aleksis Mak Allisterning o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda. Argentinalik yarim himoyachining «Enfild»dagi kelajagi esa noaniqligicha qolmoqda.

Biroq «Real» Valverdeni qo‘yib yuborish ehtimoli past. U bosh murabbiy Joze Mourinyo uchun muhim futbolchi hisoblanadi. Shu bilan birga, «Liverpul» yarim himoyani kuchaytirish uchun «Monako»dan Lamin Kamara nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli Valverde bu mavsum barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Avvalroq Federiko himoyada o‘ynash unga yoqqanini aytib o‘tgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar