«Bavariya» Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi 2:2 hisobidagi uchrashuvda bir nechta futbolchisidan jarohatlar tufayli ayrildi. Klub sport direktori Maks Eberl ularning maydonga qaytish muddatlari haqida ma’lumot berdi.
Eng jiddiy jarohatlar Serg Gnabri va Ismoil Saybarida aniqlangan. Eberlning aytishicha, germaniyalik vingер yil yakuniga qadar maydonga qayta olmaydi. Saybari esa o‘ng to‘pig‘idagi sindesmoz bog‘lami uzilishi sababli taxminan 3–4 oy davomida tiklanadi.
«Serg yil yakuniga qadar safga qayta olmasligini kutyapmiz. Saybarida sindesmoz bog‘lami uzilgani sababli tiklanish uchun 3–4 oy kerak bo‘ladi», — dedi Eberl.
Shuningdek, «Bavariya» rahbari Jamol Musiala va Luis Diasning qaytish muddatlarini ham ma’lum qildi. Klub germaniyalik futbolchi yaqinlashib kelayotgan xalqaro tanaffus paytida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishidan umid qilmoqda. Dias esa, ehtimol, tanaffusdan keyin jamoaga qo‘shiladi.
Ayni paytda Chempionlar Ligasida «Atletiko»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Maykl Olise va Manuel Noyerning holati haqida ijobiy xabarlar paydo bo‘ldi. Plettenbergning ma’lum qilishicha, har ikki futbolchi ham myunxenliklarning yakuniy mashg‘ulotida ishtirok etgan.
Olise o‘ng tizzasi bog‘langan holda shug‘ullangan bo‘lsa, Noyer oyoq payidagi muammodan keyin tiklangan. Ularning madridliklarga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ehtimoli bor.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi