Live
19
O'zbek

«Bavariya» Saybari va Gnabrining jarohati haqida ma’lumot berdi

Futbol
1 noyabr, 08:45
Myunxen klubi ikki futbolchisi bir muddat jamoaga yordam bera olmasligini rasman tasdiqladi.
«Bavariya» Saybari va Gnabrining jarohati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images
31.10.2026 FT Bundesliga Germaniya Bavariya Bavariya 2 : 2 Borussiya D Borussiya D

«Bavariya» yarimhimoyachisi Ismoil Saybari va hujumchi Serj Gnabri jarohat sabab bir muddat maydonga tusha olmaydi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Biroq futbolchilarning safga qaytish muddatlari hozircha ma’lum qilinmagan.

Har ikki futbolchi shanba kuni Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi o‘tkazilgan Bundesliga bahsida jarohat olgan.

Saybarida o‘ng to‘piq bog‘lamining uzilishi aniqlangan. Marokashlik futbolchi allaqachon muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Gnabrida esa chap sonining orqa qismidagi mushak jarohati qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «Borussiya» Dortmund o‘rtasidagi durangdan keyin Bundesligada mos ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Har ikki jamoa hisobida 18 ochkodan mavjud. «Frayburg» 16 ochko bilan uchinchi pog‘onada.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» va «Borussiya» Dortmund o‘rtasidagi bahs 2:2 hisobida yakunlangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Borussiya D Borussiya D
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar