O‘zbekiston Proligasining 25-turida «Orol» o‘z maydonida «G‘azalkent»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Javohir Alijonov 40-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada Yevgeniy Kozlov yakuniy natijani o‘rnatdi.
Turning yana bir bahsida «Respublika FA» va «Sho‘rtan» jamoalari golsiz durang qayd etdi.
Ushbu natijalardan so‘ng chempionlikni allaqachon kafolatlagan «Orol» ochkolarini 61 taga yetkazdi. «Sho‘rtan» 50 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. «G‘azalkent» 42 ochko bilan 7-pog‘onada, «Respublika FA» esa 31 ochko bilan 9-o‘rinda joylashgan.
Proliga. 25-tur
Orol — G‘azalkent 2:0
Gollar: Alijonov 40, Kozlov 53.
Orol: Nasimov, Ahmadjonov, Musayev, Arazov, Alijonov, Otamurodov, Qalmag‘ambetov, Kozlov, Kuanishbayev, Krasnov, Nomozov.
G‘azalkent: Tolstenev, Ibodullayev, Prisyajnyuk, Nabatov, Fayzullayev, Sadirjanov, Tagiyev, Mamasov, Jamoliddinov, Mirzayev, Turg‘unov.