Proliganing 24-tur markaziy bellashuvida «Sho‘rtan» va «Orol» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda g‘uzorliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng nukusliklar ustozi Vadim Shadimatov o‘z fikrlarini bildirdi.
«Avvalo «Sho‘rtan»ni g‘alaba bilan tabriklayman. Muxlislar qiziqarli va tomoshabop futbolning guvohi bo‘lishdi. O‘yindan ham futbolchilar, ham ishqibozlar zavq olishdi, deb o‘ylayman. Odatda jamoa muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, keyingi uchrashuvlarda ham o‘zini g‘olib sifatida namoyon etishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, biz futbolga xos agressiv harakat qildik, maqsadimiz qo‘pol o‘ynash emasdi. Lekin sariq kartochkalar ko‘proq bo‘ldi.
- «Orol»ning tarkibi Superliga uchun qanchalik mos, deb hisoblaysiz?
- Jamoamizda yaxshi o‘yinchilar ko‘p. Axirga bekorga Proliga chempioni bo‘lmadik. Lekin yangi mavsumda tarkib qanchalik o‘zgarishini esa vaqt ko‘rsatadi», - dedi Shadimатов.