Proliganing 24-turida «Sho‘rtan» o‘z maydonida «Orol»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdagi yagona gol 8-daqiqada Yuriy Klochkov tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Sho‘rtan» ochkolari sonini 46 taga yetkazib, turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. «Orol» esa 58 ochko bilan chempionlikni muddatidan avval hal qilgan va Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
Proliga. 24-tur
Sho‘rtan — Orol 1:0
Gol: Klochkov 8.
Sho‘rtan: Musulmonov, Shayqulov, Klochkov, Abdurahmonov, Murodov, Barabadze, Xarshiladze, Mukarov, Mamatxo‘jayev, O‘rinboyev, Abdualimov.
Orol: Nasimov, Musayev, Arazov, Daryabayev, Alijonov, O‘tamurodov, Qalmag‘ambetov, Kozlov, Kuanishbayev, Nomozov, Askerov.