Proliganing 23-turida «Olimpik MobiUz» o‘z maydonida «Yaypan»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
19-daqiqada Ravshanbek Abdumanonov hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Akbarxon Ibrohimxonov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Begis Kuanishbayev «Olimpik MobiUz»ni yana oldinga olib chiqdi, biroq 49-daqiqada Muzaffarxon Mo‘minov hisobni tenglashtirdi.
56-daqiqada Abdushukur Mahamatov penaltini aniq amalga oshirib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 76-daqiqada Ravshanbek Abdumanonov dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.
Ushbu natijadan so‘ng «Olimpik MobiUz» 36 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi. «Yaypan» esa 25 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.
Proliga. 23-tur
Olimpik MobiUz — Yaypan 4:2
Gollar: Abdumanonov 19, 76, Kuanishbayev 48, Mahamatov 56 (pen) — Ibrohimxonov 23, Mo‘minov 49.
Olimpik MobiUz: Rustamov, Xamidov, Rejabaliev, Rahimov, Zuhriddinov, Mahamatov, Tojiboyev, Fayzullayev, Kuanishbayev, Kim, Abdumanonov.
Yaypan: Maqsudov, Vaniev, Rahmonov, Mo‘minov, Sindarov, Turg‘unboyev, Abdumutalov, Abdujabborov, Ahmadjonov (Ibrohimov, 46), Miro‘qubov, Ibrohimxonov.