Live
3
O'zbek

Ferran «Barselona»dan revansh olishni istamoqda — OAV

Futbol
20 oktabr, 08:20
«PSJ» hujumchisi sobiq jamoasiga qarshi Chempionlar ligasi bahsiga alohida kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ferran «Barselona»dan revansh olishni istamoqda — OAV
Foto: Getty Images
20.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain - : - Barselona Barselona

Bugun, 20-oktyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida «PSJ» va «Barselona» jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Parijliklar safida to‘p surayotgan Ferran Torres uchun ushbu bellashuv alohida ahamiyatga ega. U yozgi transferlar oynasida kataloniyaliklar safidan Fransiya klubiga o‘tgan.

The Touchline nashri Ispaniyaning Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Torres sobiq jamoasiga qarshi bahsni revansh olish imkoniyati sifatida ko‘rmoqda.

Xabarga ko‘ra, futbolchi yozgi transferlar davrida «Barselona» unga ishonch bildirmagani va Xulian Alvares bilan muzokaralar olib borgani sababli qattiq ranjigan.

Ma’lumot uchun, «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 21-oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Torres ushbu yozda «Barselona»dan «PSJ»ga ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar