Bugun
26
O'zbek

Yevropaning 4 klubi Jerar Martinga da’vogarlik qilmoqda

Futbol
19 oktabr, 16:51
Jerar 2023-yilda «Kornelya» klubidan «Barselona»ga o‘tgan.
Yevropaning 4 klubi Jerar Martinga da’vogarlik qilmoqda
Фото: Getty Images

«Liverpul» va «Tottenhem» jamoalari «Barselona» himoyachisi Jerar Martinni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqmoqda. Bu haqda Fussball News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar himoyachisiga «Bavariya» va «Inter» jamoasi ham da’vogarlik qilmoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar ispaniyalik 24 yoshli futbolchining markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay olishini yuqori baholamoqda.

Biroq Flik futbolchini o‘z rejalariga kiritgan va uni qo‘yib yuborish haqida o‘ylamayapti. Shu sabab kelishuv amalga oshishi biroz qiyin bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jerar 2023-yilda «Kornelya» klubidan «Barselona»ga o‘tgan. Bu mavsumda u kataloniyaliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar