Saudiya Pro ligasining 10-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga yetdi. «Al Hilol» (24 ochko, 1-o‘rin) o‘z maydonida «Al Hazem»ni (9 ochko, 11-o‘rin) minimal hisobda mag‘lub etdi. Yagona golni Martinelli urdi.
«Al Ahli» (18 ochko, 4-o‘rin) esa safarda «Al Fayha»dan (7 ochko, 15-o‘rin) ustun keldi. Bondarenko dubl qayd etdi.
Saudiya Pro ligasi. 10-tur
Al Hilol – Al Hazem 1:0
Gol: Martinelli 89
Al Hilol – Bunu, Mahzari, Tambakti (Mashdash, 76), Kulibali, Teo Ernandes (Al Harbi, 76), Nevesh, Milinkovich-Savich, Kanno, Uotkins, Martinelli (Lajami, 90+2), Samervill.
Al Fayha — Al Ahli 2:3
Gollar: Moura 45, Jason 65 – Bondarenko 45+3, 70, Al Buraykan 59 penaltidan.
Al Ahli – Al Sanbi, Battiya (Abdurahmon, 80), Demiral, Ibanes, Balobaid, Al Johani (Bondarenko, 14), Atangana (Diabi, 90+4), Trinku, Spertsyan, Gonsalvesh, Al Buraykan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi