Live
2
O'zbek

La Liga. «Xetafe» 10 kishi qolgan holda «Rayo Valekano» bilan murosa qildi

Futbol
19 oktabr, 17:40
Ispaniya chempionatida 9-tur o‘yinlari yakunlandi.
La Liga. «Xetafe» 10 kishi qolgan holda «Rayo Valekano» bilan murosa qildi
Фото: Getty Images
19.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Xetafe Xetafe 1 : 1 Rayo Vallecano Rayo Vallecano

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi bahs bo‘lib o‘tdi. Unda «Xetafe» o‘z maydonida «Rayo Valekano» bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Dastlab mehmonlar Alvaro Garsiyaning golidan so‘ng oldinga chiqib olishdi. 27-daqiqada mezbonlar futbolchisi Jene maydondan chetlatildi. Natijada ular 10 kishi bo‘lib qolishdi. 56-daqiqada Satriano muvozanatni tikladi.

Bu natijadan so‘ng «Xetafe» 9 ochko bilan 14-o‘rinda. 9 ochkosi bor «Rayo» esa 12-pog‘onada.

La Liga. 9-tur
Xetafe – Rayo Valekano 1:1
Gollar
: Satriano 56 – Alvaro Garsiya 11
Xetafe – Soriya, Jene, Karvaxal (Boselli, 80), Iv Jan, Mojika, Femeniya (Serrano, 51), Martin (Andres Garsiya, 46), Gudel, Satriano, Terrats (Abkar, 32), Unal (Mayoral, 87)
Rayo Valekano – Audero, Balyu (Valentin, 59), Lejyon, Sodiq, Pedrosa, Palason (Pedro Dias, 59), Pate, Kamello, Alvaro Garsiya (Peres, 80), Unai Lopes (Alemao, 80), De Frutos (Tsitayshvili, 65).
Chetlatish: Jene 27.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xetafe Xetafe
  • Rayo Vallecano Rayo Vallecano
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar