Jeydon Sancho yaqin vaqt ichida Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin. BBC ma’lumotiga ko‘ra, «Xetafe» klubi erkin agent maqomida bo‘lgan 26 yoshli futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan.
Manbaga ko‘ra, «Xetafe»ga Sancho bilan kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi. Shunga qaramay, klub transferni amalga oshirish uchun yechim topishga umid qilmoqda.
Madrid yaqinida joylashgan klub yaqinda yana bir taniqli futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Gap «Real»ning sobiq himoyachisi Dani Karvaxal haqida bormoqda.
Ma’lumot uchun, Sancho «Manchester Siti» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya»si, «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Aston Villa» klublarida to‘p surgan.