Chempionlar ligasi doirasida «Viking»ga qarshi bahsda «Bavariya» vingeri Maykl Olise maydondan chetlatildi. Fransiyalik futbolchi dastlab raqibga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi, ikkinchi ogohlantirish esa to‘pni raqibga qarab uloqtirgani sababli ko‘rsatildi.
Germaniya futboli afsonasi Lotar Matteus Oliseni provokatsiyaga uchragani uchun tanqid qildi. Shu bilan birga, u raqib futbolchisi Zlatko Tripichni ayblash kerak emasligini ta’kidladi.
«Albatta, raqiblar bunday futbolchini o‘yindan chiqarib yuborish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qiladi. Menimcha, Olise o‘zini provokatsiyaga uchratishga yo‘l qo‘ydi. Oxir-oqibat, u nafaqat o‘ziga zarar yetkazdi, balki eng avvalo jamoaga pand berdi. Uni jarimaga tortish kerakmi? Olise o‘zini allaqachon yetarlicha jazoladi va xatosini anglab turibdi», — dedi Matteus Bild nashriga.
Ma’lumot uchun, «Viking» va «Bavariya» o‘rtasidagi bahs 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan.