Germaniyaning «Shtutgart» klubi himoyachisi Finn Yelch 2026/2027-yilgi mavsum yakunida Yevropaning top klublaridan biriga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20 yoshli futbolchi uchun Madridning «Real» va Kataloniyaning «Barselona» klublari, shuningdek, «Bavariya», «Arsenal» hamda «Inter» jamoalari kurash olib boradi. Ehtimoliy transfer qiymati 50–60 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Qayd etish lozim, Yelch 2025-yil fevral oyidan buyon «Shtutgart» sharafini himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda germaniyalik himoyachi Bundesligada beshta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq «Barselona» va «Real» «Manchester Yunayted»ning 15 yoshli futbolchisi uchun kurashayotgani ma’lum qilingandi.