«Barselona» va «Real» «Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi hujumchisi Jey-Jey Gabrielni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Angliyada o‘z avlodining eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblangan 15 yoshli hujumchi «qizil iblislar»ni tark etishga qaror qilgan.
Qayd etilishicha, Gabriel uchun kurashda «Barselona» va «Real» asosiy favorit bo‘lib turibdi. Har ikki Ispaniya grandi yosh futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq futbolchining o‘zi qaysi klubga o‘tishni afzal ko‘rayotgani hozircha noma’lum.
Avvalroq Jey-Jeyga «PSJ» va «Bavariya» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. «Manchester Yunayted» esa o‘zining yosh iqtidorini yo‘qotishni istamayapti.
Ma’lumot o‘rnida, angliyalik futbolchi hujumchi sifatida harakat qiladi. Shuningdek, u hujum orti vakili va chap qanot vingeri sifatida ham o‘ynay oladi.
Avvalroq «Barselona» va «Real» Romeroni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi