Live
5
O'zbek

Levandovski nima uchun «Barsa»dan keyin Yevropada qolmaganini tushuntirdi

Futbol
6 noyabr, 22:50
    4
Polshalik hujumchi o‘z tanlovi haqida fikr bildirdi.
Levandovski nima uchun «Barsa»dan keyin Yevropada qolmaganini tushuntirdi
Foto: Getty Images

«Barselona» va «Bavariya» sobiq hujumchisi, hozirda AQShning «Chikago Fayr» klubida to‘p tepayotgan Robert Levandovski o‘z tanlovi haqida fikr bildirdi.

38 yoshli polshalik futbolchi o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng kataloniyaliklar safini erkin agent sifatida tark etgandi. U iyul oyining o‘rtalarida MLS vakili «Chikago Fayr» bilan shartnoma imzoladi.

«Barselona»dan ketganimdan keyin o‘zimni Yevropaning boshqa biror klubida tasavvur qila olmadim. Shuning uchun ham Yevropada yangi jamoa qidirmadim», — deya Levandovskining so‘zlarini keltiradi Managing Barca nashri.

Eslatib o‘tamiz, tajribali hujumchi 2022-yil yozidan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.

Levandovski bungacha Germaniyaning «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya» klublarida ham faoliyat olib borgan. Avvalroq Robert «Barselona»da qolish uchun 200 million yevrolik taklifni rad etgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chicago Fire FC Chicago Fire FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar