Robert Levandovski «Barselona» safida o‘ynab yurgan vaqtida Saudiya Arabistoni klubining 200 million yevrolik taklifini rad etgan.
Bu haqda futbolchining agenti Pini Zahavi SportoweFakty nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Robertga ikki yillik, har mavsum uchun 100 million yevrolik taklif tushgandi. U buni rad etdi, chunki "Barselona"da o‘ynashni istardi», — dedi Zahavi.
Agentning qo‘shimcha qilishicha, Levandovski aslida kelajakda Saudiya Arabistonida o‘ynash variantini ko‘rib chiqqan. Biroq mavsum o‘rtasida «Barselona»ni tark etishni istamagan.
Zahavi, shuningdek, keyinchalik klub rahbariyati va murabbiylar shtabi polshalik hujumchiga asosiy tarkibdagi barqaror o‘rinni kafolatlay olmagach, boshqa variantlar ko‘rib chiqila boshlaganini aytdi.
Ma’lumot uchun, Robert Levandovski ushbu yozda AQSHning «Chikago Fayr» klubiga ko‘chib o‘tdi. Uning agenti so‘zlariga ko‘ra, hujumchi uchun muntazam o‘yin amaliyoti moliyaviy takliflardan ham muhimroq bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi