Live
5
O'zbek

Jorje Jezush: «Ronaldu nima uchun fikrini o‘zgartirganini bilmayman»

Futbol
6 noyabr, 22:25
    20
Portugaliya bosh murabbiyi Ronaldu terma jamoaga qaytish fikridan voz kechgani haqida gapirdi.
Jorje Jezush: «Ronaldu nima uchun fikrini o‘zgartirganini bilmayman»
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu terma jamoaga qaytish fikridan voz kechgani haqida gapirib o‘tdi.

«Bu savolni uning o‘ziga berish kerak. Men aniq biladigan yagona narsa shuki, Krishtianu bir yil davomida men bilan ishladi. «An Nasr»da baxtli edik va chempionlikni qo‘lga kiritdik.

Men uning qarorini hurmat qilaman. Har qanday holatda ham yakuniy qarorni uning o‘zi qabul qilishi kerak edi. Bu qachon sodir bo‘lishidan qat’i nazar, tanlov faqat unga tegishli.

U nima sababdan bunday qarorga kelganini bilmayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, Ronaldu o‘z vaqti tugab borayotganini tushunardi. Qaror qabul qilish mas’uliyati ham uning zimmasida edi.

U o‘z tanlovini qildi. Buning sabablarini mendan ko‘ra uning o‘zi yaxshiroq tushuntirib bera oladi», — dedi Jezush. Avvalroq Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi bilan xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishdan bosh tortgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar