Bugun
34
O'zbek

Ferdinand: «Eysebio va Figu bor edi, ammo ularning hech biri Portugaliyani Ronaldu kabi tanitmagan»

Futbol
6 noyabr, 03:40
    21
«MYU»ning sobiq himoyachisi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan hujumchini e’tirof etdi.
Ferdinand: «Eysebio va Figu bor edi, ammo ularning hech biri Portugaliyani Ronaldu kabi tanitmagan»
Foto: Getty Images

Angliya milliy jamoasi va «Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand hujumchi Krishtianu Ronalduning Portugaliya safidagi faoliyatini yakunlash qarori haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Ronaldudan oldin Portugaliya milliy jamoasida Figu, Koshta va boshqa futbolchilar bor edi. Undan ham avval Eysebio o‘ynagan. Ammo ularning hech biri Portugaliyani KriRo kabi yuksak darajaga olib chiqa olmadi. U o‘z mamlakatini jahon xaritasiga olib chiqdi.

Ronaldu hatto bu mamlakatga qiziqmagan insonlarning ham e’tiborini Portugaliyaga qaratdi. Futbol nimalarga qodirligini qarang-a!»
— dedi sobiq himoyachi o‘zining YouTube kanalida.

41 yoshli futbolchi Portugaliya milliy jamoasi safida 234 ta o‘yin o‘tkazib, 146 ta gol urgan. U Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

21 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar