Bugun
34
O'zbek

O‘q otish. O‘zbekistonlik merganlar jahon chempionatida ilk bor sovrindor bo‘lishdi

Boshqalar
6 noyabr, 00:50
Erkaklar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otishda tarixiy medal qo‘lga kiritildi.
O‘q otish. O‘zbekistonlik merganlar jahon chempionatida ilk bor sovrindor bo‘lishdi
Foto: Olympic uz

Shu kunlarda Qatar poytaxti Doha shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

MOQ matbuot xizmati yozishicha, O‘zbekiston jamoasi dunyo birinchiliklaridagi dastlabki medaliga ega chiqdi. Ushbu medal erkaklar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish bo‘yicha jamoaviy dasturda qo‘lga kiritildi.

Vladimir Svechnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamolov final bahsida 1738 ochko bilan bronza medaliga sazovor bo‘lishdi. Kumush medal sohibi bo‘lgan Janubiy Koreya jamoasi ham 1738 ochko to‘pladi, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga koreyaliklar shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy olishdi.

🥇 Xitoy – 1755 ochko
🥈 Janubiy Koreya – 1738
🥉 O‘zbekiston – 1738

Bugungi yangiliklar