Live
1
O'zbek

Superliga. «Xorazm» mehmonda «Bunyodkor»dan ustun keldi

Futbol
5 noyabr, 10:25
    5
27-turning ilk bahsi yakunlandi.
Superliga. «Xorazm» mehmonda «Bunyodkor»dan ustun keldi
Фото: Хоразм ПФК
05.11.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Bunyodkor Bunyodkor 1 : 2 Xorazm Xorazm

Superliga 27-turining ilk bellashuvida «Xorazm» klubi Toshkentda «Bunyodkor» bilan bellashdi. Unda Vali Sultonov jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Suhrob Izzatov hisobni ochdi. 33-daqiqada Matiya Krivokapich muvozanatni tikladi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, Azizbek Pirmuhammadov urganchliklarning g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Xorazm» ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Bunyodkor» esa shuncha ochko bilan 14-pog‘onaga tushdi.

Superliga. 27-tur
Bunyodkor – Xorazm 1:2
Gollar:
Suhrob Izzatov, 5 (0:1), Matiya Krivokapich, 33 (1:1), Azizbek Pirmuhammadov, 37 (1:2)
Bunyodkor: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (74.Ivan Bukrin, 69’), 9.Matiya Krivokapich, 10.Amir To‘raqulov, 13.Muhammad Hakimov, 17.Muzaffar Olimjonov (11.Sardor Abdunabiyev, 64’), 18.Narimonjon Ahmadjonov, 27.Islom Anvarov (21.Nosir Abdusalomov, 57’), 42.Abdulhamid Ikromov (14.Shahzodjon Ne’matjonov, 64’), 45.Shamsiddin Tursunmahmadov, 66.Azizbek To‘lqunbekov.

Xorazm: 77.Umidjon Ergashev, 9.Sardor Azimov (7.Temurbek Ismoilov, 57’), 10.Rafael Tavaresh, 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboyev, 17.Danil Nugumanov, 25.Matiya Rom, 34.Suhrob Izzatov, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustamjon Abduhamidov, 96.Rafael Sabino (12.Maksim Shiryaev, 71’).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bunyodkor Bunyodkor
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar