Live
1
O'zbek

Portugaliya milliy jamoasi Ronaldu uchun xayrlashuv marosimini tashkil etadi

Futbol
5 noyabr, 08:40
Hozircha tadbirning formati — xayrlashuv bahsimi yoki boshqa shakldagi marosimmi — ma’lum emas.
Portugaliya milliy jamoasi Ronaldu uchun xayrlashuv marosimini tashkil etadi
Foto: Getty Images

Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduning milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi munosabati bilan unga bag‘ishlangan xayrlashuv marosimini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda milliy jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Federatsiyamiz uning ketishini munosib ehtiromsiz qoldirmoqchi emas. Biz Krishtianu Ronalduning buyuk faoliyatiga munosib baho beriladigan tadbirni tashkil etish va o‘tkazishga qat’iy bel bog‘laganmiz. Ushbu marosimda muxlislar va butun mamlakatimiz bizga juda ko‘p narsa bergan futbolchiga yana bir bor minnatdorlik bildirib, u bilan xayrlashish imkoniga ega bo‘ladi», — deyiladi bayonotda.

Hozircha marosim xayrlashuv bahsi shaklida o‘tkaziladimi yoki boshqa format tanlanadimi, bu borada aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi debyutini 2003-yil avgustida o‘tkazgan va 23 yil davomida mamlakat sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli hujumchi Portugaliya safida 234 ta bahsda maydonga tushib, 146 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan Yevropa chempionati va ikki bor Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar