«Manchester Yunayted» va Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning xalqaro faoliyatini yakunlash qaroriga munosabat bildirdi.
«Ilhom berganingiz uchun rahmat! Milliy jamoamiz uchun tarixiy ahamiyatga ega lahzalarni o‘z kumirim bilan birga baham ko‘rish men uchun sharaf bo‘ldi», — deb yozdi Fernandesh ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasida 2003-yildan buyon o‘ynab kelgan. U jamoa bilan 2016-yilgi Yevropa chempionati va ikki bor Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Portugaliya safida 234 ta bahsda maydonga tushib, 146 ta gol urgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.