Live
1
O'zbek

Bellinghem YCHLda Kasilyasning rekordini yangiladi

Futbol
5 noyabr, 07:45
    7
Angliyalik yarimhimoyachi 23 yoshida Chempionlar ligasidagi 60-bahsini o‘tkazib, tarixdagi eng yosh futbolchiga aylandi.
Bellinghem YCHLda Kasilyasning rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid - : - PSV PSV

«Real» yarimhimoyachisi Jud Bellinghem Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 4-turida AEKga qarshi bahsda maydonga tushdi. Angliyalik futbolchi ushbu bellashuvda gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi, Madrid klubi esa 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Madrid Xtra xabariga ko‘ra, bu Bellinghem uchun Chempionlar ligasidagi 60-o‘yin bo‘ldi. U ushbu natijaga 23 yosh-u 128 kunligida erishdi va musobaqa tarixida 60 ta bahs o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Shu tariqa, yarimhimoyachi «Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli rekordni yangiladi.

Ma’lumot uchun, «Real» 4-turdan so‘ng 12 ochko jamg‘argan va «PSJ» bilan birgalikda umumiy bosqich turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bellinghem 2023 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar