Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safidagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Portugaliya qalbimda abadiy qoladi», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasidagi debyutini 2003 yil 20 avgust kuni Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik bahsida o‘tkazgan. O‘shanda 18 yoshli hujumchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan.
U milliy jamoa safida jami 234 ta bahsda qatnashib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2016 yilda Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Portugaliya bilan ikki marta — 2018/2019 va 2024/2025 yilgi mavsumlarda UEFA Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi