Live
3
O'zbek

Ten Hag: «Ronaldu Portugaliyadan ustun bo‘lishi mumkin emas. Argentinada hamma Messi atrofida birlashdi»

Futbol
2 noyabr, 06:31
    52
«MYU» sobiq ustozi 41 yoshli hujumchining milliy jamoadagi mojarosi yuzasidan fikr bildirdi.
Ten Hag: «Ronaldu Portugaliyadan ustun bo‘lishi mumkin emas. Argentinada hamma Messi atrofida birlashdi»
Foto: Getty Images

«Tvente» klubining texnik direktori, avval «Manchester Yunayted» jamoasini boshqargan Erik ten Hag Portugaliya milliy jamoasida «An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq mojaro yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

Avvalroq 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik ortidan milliy jamoa ixtiyorini o‘zboshimchalik bilan tark etgandi. Bu harakati uchun u 255 yevro miqdorida jarimaga tortildi.

«Hech kim klub yoki mamlakat manfaatlaridan ustun bo‘lishi mumkin emas. Hatto Krishtianu Ronaldu yoki Messi ham. Jamoa har doim birinchi o‘rinda turishi kerak.

Avval ham aytganimdek, har qanday kuchli jamoa o‘z yulduzlarini qadrlashi kerak. Biroq yulduzlar ham jamoa manfaatlariga bo‘ysunishi shart. Agar yulduz futbolchi buni qilmasa, muvaffaqiyatga erishishning iloji yo‘q. Bunday holatda hammasi barbod bo‘ladi.

Aytgancha, Messining o‘ziga xos jihati — uning Argentina milliy jamoasidagi faoliyatidir. Bu jarayonni kuzatish ajoyib edi. Biroq buning uchun Messining o‘zi ham juda katta mehnat qildi. Hamma uning atrofida birlashdi, barcha uning uchun harakat qildi. Ammo u ham jamoaga juda katta hissa qo‘shganini alohida ta’kidlash kerak», —
deya ten Hagning so‘zlarini keltiradi ESPN.

Avvalroq niderlandiyalik mutaxassis Ronalduning soʻnggi 7-8 yilda avvalgi darajada oʻynamagani haqida gapirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

52 izoh +4 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar