Live
2
O'zbek

Flickning mehmonxona qoidasi «Barsa»da norozilik uyg‘otdi

Futbol
30 oktabr, 23:30
    26
Norozilik mutaxassisning o‘yinlar oldidan jamoani mehmonxonada jamlash talabiga taalluqli.
Flickning mehmonxona qoidasi «Barsa»da norozilik uyg‘otdi
Foto: Getty Images

«Barselona» futbolchilarining ayrimlari bosh murabbiy Hans-Diter Flick joriy etgan tartibdan norozi. Bu haqda jurnalist Xavi Ernandes Navarro xabar berdi.

Norozilik germaniyalik mutaxassisning o‘yinlar oldidan jamoani mehmonxonada jamlash talabiga taalluqli.

Jamoadagi ayrim o‘yinchilarning fikricha, mehmonxonada uzoq vaqt qolish jismoniy holatga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Bundan tashqari, zich taqvimda yig‘inlar futbolchilarni oilasidan uzoqda ko‘proq ushlab turadi.

Flick esa o‘z yondashuvini to‘g‘ri deb hisoblaydi va ushbu talabdan voz kechishni rejalashtirmayapti. Mutaxassis jamoa o‘yin oldidan mehmonxonada bo‘lishi kerak degan qoidaga sodiq qolmoqchi. Bu borada murabbiy va futbolchilarning qarashlari bir-biridan farq qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, «Barselona» 31-oktabrdan 1-noyabrga o‘tar kechasi La Liga doirasida «Alaves»ni o‘z maydonida qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

26 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar