Live
3
O'zbek

«Everton» Rashfordni «MYU»dan ijaraga olmoqchi — manba

Futbol
31 oktabr, 00:50
    4
Transferga Markusning yuqori maoshi to‘siq bo‘lishi mumkin.
«Everton» Rashfordni «MYU»dan ijaraga olmoqchi — manba
Foto: Getty Images

«Everton» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashfordni mavsum oxiriga qadar ijaraga olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «qizil iblislar» rahbariyati bunday kelishuvga qarshi emas. Biroq moliyaviy masalalar va futbolchining o‘ziga tegishli pozitsiya sabab transfer amalga oshmasligi mumkin.

28 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mavsum APL doirasida faqat bir marta to‘liq o‘yin o‘tkazdi. Oktabr oyidagi milliy jamoalar tanaffusidan keyin u «Tottenhem»ga qarshi (1:1) uchrashuvning qo‘shimcha vaqtida zaxiradan maydonga tushdi. «Lids»ga qarshi (1:2) bahsni zaxirada o‘tkazgan bo‘lsa, jarohati sabab «Bornmut»ga qarshi (0:3) o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi. Shuningdek, u besh marta zaxiradan maydonga tushgan.

Rashfordning haftalik maoshi taxminan 325 ming funtni tashkil etadi. «Manchester Yunayted» maoshining bir qismini to‘lashni o‘z zimmasiga olgan taqdirda ham bu hozirda sotuvga qo‘yilgan «Everton» uchun jiddiy moliyaviy yuk bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hujumchining o‘zi Angliya chempionatidagi kuchsizroq klubdan ko‘ra yirik jamoada to‘p tepishni afzal ko‘radi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Everton Everton
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar