Live
3
O'zbek

Prokuratura Raja Nainggolanni pul yuvish ishi bo‘yicha ikki yilga qamashni talab qildi

Futbol
31 oktabr, 01:40
Belgiyalik futbolchi xalqaro giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq ish doirasida sud oldida javob bermoqda.
Prokuratura Raja Nainggolanni pul yuvish ishi bo‘yicha ikki yilga qamashni talab qildi
Foto: Sporza

Bryussel prokuraturasi Belgiya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Raja Nainggolan uchun ikki yillik qamoq jazosini talab qilmoqda. U xalqaro giyohvand moddalar savdosi va pul mablag‘larini legallashtirishda gumonlanmoqda. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 38 yoshli Nainggolan jinoiy tashkilotga 105,5 ming yevroni legallashtirishda yordam bergan. Sobiq futbolchi yanvar oyining oxirida qo‘lga olingan edi. Hozirda u Bryussel shahrida sud oldida javob bermoqda.

Tergovchilar bir necha oy davomida Nainggolanning belgiyalik jinoyatchining ukasidan olgan pul o‘tkazmalari bilan qiziqishgan. Ularning umumiy miqdori 100 ming yevrodan oshgan.

Dastlab futbolchi bu mablag‘larni tanishiga do‘stlik yuzasidan bergan qarzi sifatida izohlagan. Keyinroq esa pullar ajrashuvdan so‘ng bank hisoblari bloklangan do‘stiga tegishli ekanini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda yarim himoyachi Belgiya ikkinchi divizionida ishtirok etadigan «Patro Eisden» klubi a’zosi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
Bugungi yangiliklar