Live
2
O'zbek

Flik Balde haqida: «U o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashi kerak»

Futbol
31 oktabr, 02:30
Mutaxassis Alejandro nima uchun asosiy tarkibda muntazam o‘ynamayotganiga izoh berdi.
Flik Balde haqida: «U o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashi kerak»
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa himoyachisi Alejandro Baldening asosiy tarkib futbolchisi sifatida maydonga tushishiga nima to‘sqinlik qilayotgani haqida gapirdi.

«Baldega kelsak, ehtimol, hozir unga o‘z o‘yini va biz qurayotgan futbol uslubi uchun zarur bo‘lgan ishonch yetishmayotgandir. U o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta tiklashi kerak», — deya Flikning so‘zlarini keltiradi AS nashri.

Kataloniyaliklar tarkibidagi muammolar sababli himoyachi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda bu mavsum ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda. Avvalroq esa «Manchester Yunayted» Balde transferiga qishki transfer oynasida qaytishi ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli Balde ushbu mavsumda «Barselona» safida 3 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U hozircha gol yoki assist qayd etmadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar