«Barselona» klubi himoyachisi Alexandro Balde hali ham «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu masala endi qishki transfer oynasiga qoldi, deb xabar bermoqda The Touchline.
Manbaning xabariga ko‘ra, klublar futbolchi transferi borasida kelisha olmadi. Bundan tashqari himoyachining o‘zi ham «Barselona»dan ketishni istamadi.
Ammo ta’kidlanishicha, agarda Balde kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan bo‘lsa, yanvar oyida jamoadan ketish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli ispaniyalik yangi mavsumda hali kataloniyaliklar safida maydonga tushgani yo‘q. Futbolchining klub bilan bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali mutaxassislari ispaniyalik himoyachining aktual transfer narxini 50 mln yevroga baholashmoqda.