Bugun
103
O'zbek

Tilemans: «Kerrikning iste’fosi jamoani parokanda qiladi»

Futbol
31 oktabr, 03:50
    1
Belgiyalik yarimhimoyachi «MYu» bosh murabbiyini qo‘llab-quvvatladi.
Tilemans: «Kerrikning iste’fosi jamoani parokanda qiladi»
Foto: AFP

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Yuri Tilemans jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Maykl Kerrik haqida fikr bildirdi.

Murabbiyning kelajagi mavsumning birinchi qismidagi omadsiz natijalar tufayli hamon so‘roq ostida qolmoqda.

«Men Kerrik tufayli «Manchester Yunayted»daman. Aynan u meni jamoaga taklif qilishni istagan. Maykl o‘z ishini davom ettirayotganidan xursandman.

Menimcha, jamoaga keskin o‘zgarishlar kerak emas. Kerrikning iste’fosi jamoani parokanda qilishi mumkin.

Biz barqarorlikka erishishimiz lozim. Vaziyat tez orada o‘zgaradi. Birdam bo‘lib qolishimiz kerak», — dedi belgiyalik yarimhimoyachi.

Avvalroq Yulian Nagelsmann «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzodga aylangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, APLning 8 ta turidan keyin «qizil iblislar» 7 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasini egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar