Live
8
O'zbek

«Biz natijaga chanqoqmiz» — Kerrik «Chelsi»ga qarshi bahs oldidan g‘alaba istagini bildirdi

Futbol
31 oktabr, 05:10
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi navbatdagi imkoniyatdan foydalanib, ochko jamg‘arishni xohlamoqda.
«Biz natijaga chanqoqmiz» — Kerrik «Chelsi»ga qarshi bahs oldidan g‘alaba istagini bildirdi
Foto: Getty Images
31.10.2026, 08:30 Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya Premyer-ligasining 9-turi doirasida «Chelsi»ga qarshi kechadigan safar bahsi oldidan fikr bildirdi.

«Biz natijaga chanqoqmiz. Ochko jamg‘arishni va o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istaymiz. Bizda buni amalga oshirish uchun navbatdagi imkoniyat paydo bo'lmoqda», — deya mutaxassisning so‘zlarini insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida keltirdi.

Eslatib o'tamiz, «Chelsi» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs 31-oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Hakamning dastlabki hushtagi Toshkent vaqti bilan 17:30 da yangraydi.

Ma'lumot uchun, 9-tur oldidan «Chelsi» Premyer-liga turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. «Manchester Yunayted» esa 17-pog‘onada bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar