Live
3
O'zbek

Arteta: «Menimcha, barcha top klublar chempionlik uchun kurashishi mumkin»

Futbol
31 oktabr, 02:05
«Arsenal» bosh murabbiyi «Liverpul»ning chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
Arteta: «Menimcha, barcha top klublar chempionlik uchun kurashishi mumkin»
Foto: Arsenal FC
01.11.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul - : - Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Liverpul»ning APL chempionligi uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Menimcha, barcha top klublar chempionlik uchun kurashishi mumkin. Mavsum endigina boshlandi. Bu, shubhasiz, «Liverpul»ga ham taalluqli. Klub tarkibi, murabbiyi va tarixiga bir nazar tashlashning o‘zi kifoya», — dedi Arteta.

Eslatib o‘tamiz, APLning 9-turi doirasida londonliklar safarda «Liverpul»ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv ertaga, 1-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Ma’lumot o‘rnida, «to‘pchilar» 8 ta turdan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa faqat to‘plar farqiga ko‘ra peshqadam «Manchester Siti»dan ortda qolmoqda.

«Mersisaydliklar» esa 15 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi. Avvalroq Arteta Havertsning bir mavsumda 25–30 ta gol urishiga ishonayotgani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar