Angliyaning «Arsenal» klubi rahbariyati 16 yoshli vingeri Maks Doumanning diskvalifikatsiyasi yuzasidan shikoyat qiladi. Bu haqda jurnalist Isaan Xon xabar berdi.
«To‘pchilar» akademiyasi tarbiyalanuchisi Angliya liga kubogi doirasida «Flitvud Taun»ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilgan edi. Ta’kidlanishicha, «Arsenal»da hakamning ushbu qaroriga qo‘shilishmayapti va shikoyat qilish niyatidalar. Klub apellyatsiya bo‘yicha javob Angliya chempionati doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yingacha chiqishiga umid qilishmoqda.
Yangi mavsumda Douman barcha musobaqalarni inobatga olganda, 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.
Eslatib o‘tamiz, APL doirasidagi «Liverpul» - «Arsenal» bellashuvi 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.