Live
10
O'zbek

Nasri Keyn haqida: «Oltin to‘p»ni yutish uchun Bundesliga va Germaniya kubogidagi g‘oliblik yetarlimi?

Futbol
28 oktabr, 12:41
Fransiyalik sobiq futbolchining fikricha, «Bavariya» hujumchisi na Germaniyada, na JChda eng yaxshi futbolchi edi.
Nasri Keyn haqida: «Oltin to‘p»ni yutish uchun Bundesliga va Germaniya kubogidagi g‘oliblik yetarlimi?
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» klubi va Fransiya milliy jamoasi sobiq yarim himoyachisi Samir Nasri «Oltin to‘p» mukofoti Harri Keynga berilishiga qo‘shilmasligini bildirdi.

«Men bu qarorga mutlaqo qo‘shilmayman. Bu qanday mezonlarga asoslangan? Faqat urilgan gollargami? U Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi emas. Eng yaxshisi — Olise. U hatto Jahon chempionatida ham Angliya milliy jamoasining eng yaxshi futbolchisi bo‘lmagan.

Unda bu qaror nimaga asoslangan? Uning gollari sonigami? Maydonda ortga tushib o‘ynashigami? U shunchaki hujumchi emas, zamonaviy futbol talablariga mos forvard. Men Keynni juda hurmat qilaman, ammo uning faoliyatida esda qolarli mavsum bo‘lganmi? Klubi uchun mavsumning eng muhim o‘yini — Chempionlar ligasining yarim finalida, «PSJ»ga qarshi bahsda u deyarli ko‘zga tashlanmadi. Ha, birinchi o‘yinda u ajoyib harakat qildi.

«Oltin to‘p» mezonlariga ko‘ra, u birinchi o‘rinda bo‘lmasligi kerak. Bundesliga va Germaniya kubogidagi g‘alabalarning o‘zi yetarli ekanini bilmas ekanman»,
— dedi Nasri Les Affranchis ko‘rsatuvi efirida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Angliya Angliya
Bugungi yangiliklar