«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiy Maykl Karrikning kelajagi bo‘yicha qarorni noyabr oyidagi xalqaro o‘yinlar uchun yuzaga keladigan tanaffus vaqtida qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, FIFA kunlaridagi tanaffus mutaxassisning jamoadagi kelajagini belgilab beradigan hal qiluvchi davr bo‘ladi. Klub rahbariyati Karrikka ikkita o‘yinda o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini bergan. Ushbu bahslarda «Manchester Yunayted» «Chelsi» va «Aston Villa»ga qarshi maydonga tushadi.
Bunday qaror klub uzoq muddat davomida vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlashdan qochishni istagani sababli qabul qilingan. Bundan tashqari, Karrik «Manchester Yunayted» direktori Jeyson Uilkoksning shaxsiy qo‘llab-quvvatloviga ham ega.
Ma’lumot uchun, «qizil iblislar» Angliya Premer-ligasining ortda qolgan 8 ta turidan keyin 7 ochko to‘plab, 16-o‘rinda bormoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi