Live
3
O'zbek

Kerrik Fernandesh bilan shaxsan uchrashib, gaplashib oldi

Futbol
28 oktabr, 11:30
    12
«MYU» bosh murabbiyi jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan suhbatlashib olgan.
Kerrik Fernandesh bilan shaxsan uchrashib, gaplashib oldi
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda jurnalist Daniel Xon xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar vaziyatni oydinlashtirib olishni niyat qilgan. Murabbiy va sardor hozirgi vaqtda asosiy e’tiborni natijaga qaratish va qolgan narsalarga ahamiyat bermay, voqealar rivojini o‘zgartirish zarur degan xulosaga kelishdi.

Ta’kidlanishicha, Kerrika va Fernandeshning uchrashuvi «Manchester Yunayted» qarorgohida o‘tgan. O‘z navbatida, portugaliyalik murabbiylar shtabini OAV orqali tanqid qilgani uchun uzr so‘ragan yoki so‘ramagani noma’lumligicha qolgan.

Bundan tashqari murabbiy va sardor uchrashuvidan keyin jamoaviy yig‘ilish o‘tkazilgan. Unda ishtirok etgan barcha bunday natijalar klubga yarashmasligini ta’kidlagan. «Qizil iblislar» barchasini boshidan boshlashga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin «Manchester Yunayted» 7 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar