Live
5
O'zbek

«Real»ning sobiq futbolchisi Danilo faoliyatini yakunlashi mumkin

Futbol
28 oktabr, 14:01
35 yoshli Danilo «Amerika Mineyro» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
«Real»ning sobiq futbolchisi Danilo faoliyatini yakunlashi mumkin
Фото: Getty Images

«Yuventus» va «Real» jamoalarining sobiq himoyachisi Danilo Luis bir yildan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Danilo «Flamengo» bilan bir yillik yangi shartnoma imzolamoqda.

«Ushbu mavsum uning professional futbolchi sifatidagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi kutilmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Romano.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli Danilo «Amerika Mineyro» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U keyinchalik «Santos», «Portu», «Real», «Manchester Siti» va «Yuventus» jamoalarida to‘p tepgan. Futbolchi o‘tgan yili «Flamengo» safiga qo‘shilgan.

Danilo 2011-yildan buyon Braziliya milliy jamoasidan doimiy bo‘lmasa-da, chaqiruv olib keladi.

Bugungi yangiliklar