Live
3
O'zbek

Jokovich Bazeldagi musobaqani muvaffaqiyatli boshlab, ikkinchi davraga yo‘l oldi

Tennis
28 oktabr, 14:37
Dunyoning 12-raketkasi, serbiyalik tennischi ATP-500 kategoriyasidagi musobaqani irodali g‘alaba bilan boshladi.
Jokovich Bazeldagi musobaqani muvaffaqiyatli boshlab, ikkinchi davraga yo‘l oldi
Foto: Gettyimages

Dunyoning 12-raketkasi serbiyalik tennischi Novak Jokovich Shveysariyaning Bazel shahrida o‘tkazilayotgan ATP-500 turnirining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi. Ochilish bahsida u jahon reytingida 38-o‘rinni egallab turgan fransiyalik Ugo Umberni mag‘lub etdi. Uchrashuv 4:6, 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.

Tennischilar kortda 2 soat 29 daqiqa mobaynida bahs olib borishdi. Jokovich to‘qqiz marta eys amalga oshirib, uchta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va sakkizta breyk-pointning ikkitasidan unumli foydalandi. Umber 12 ta eys amalga oshirdi, uchta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi va oltita breyk-pointning bittasidan unumli foydalandi.

Ma’lumot uchun, ikkinchi davrada Jokovich germaniyalik tennischi Yan-Lennard Shtruffga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Bazeldagi turnir 26-oktyabrdan-1-noyabrgacha davom etadi. Amaldagi chempion braziliyalik tennischi Joau Fonseka hisoblanadi.

Bugungi yangiliklar