Dunyoning 12-raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich ketma-ket 21-mavsumida kamida 20 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bugun, 28 oktyabr kuni Shveysariyaning Bazel shahrida bo‘lib o‘tgan ATP-500 turnirining ochilish o‘yinida u jahon reytingida 38-o‘rinni egallab turgan, fransiyalik Ugo Umberni mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 4:6, 6:3, 6:4 hisobida yakunlandi.
Serbiyalik tennischi o‘tkazilgan so‘nggi yetti uchrashuvning oltitasida g‘alaba qozongan. U avvalroq Pekinda bo‘lib o‘tgan ATP-500 turniri chempionligini qo‘lga kiritgandi, keyin esa Shanxaydagi «Masters» musobaqasining startidayoq musobaqadan chiqib ketgan.
Ikkinchi davrada Jokovich Germaniya vakili Yan-Lennard Shtruffga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot uchun, 26-oktyabrda start olgan Bazeldagi musobaqa 1-noyabrgacha davom etadi. Amaldagi chempion braziliyalik tennischi Joau Fonseka hisoblanadi.