Live
13
O'zbek

«Liverpul» van Deykning o‘rinbosarini 120 million yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
28 oktabr, 15:16
«Brayton»ning xorvatiyalik himoyachisi Luka Vushkovich APLning boshqa klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
«Liverpul» van Deykning o‘rinbosarini 120 million yevroga sotib olishi mumkin
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Brayton» klubining xorvatiyalik himoyachisi Luka Vushkovich faoliyatini Angliya Premer-ligasining boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali.

«Liverpul» klubi futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Mersisaydliklar Vushkovichni gollandiyalik Virjil van Deykning vorisi sifatida ko‘rishmoqda.

«Brayton», o‘z navbatida, agar futbolchisi transferi uchun 120 million yevro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining joriy mavsumida 19 yoshli xorvatiyalik futbolchi sakkizta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2031-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 8-turdan keyin 16 ochko jamg‘argan «Brayton» uchinchi o‘rinni egallab turibdi va to‘rtinchi pog‘onadagi «Liverpul»dan 1 ochko oldinda bormoqda.

Bugungi yangiliklar