Live
3
O'zbek

Rasman: Chelestini — «Byornli» bosh murabbiyi

Futbol
28 oktabr, 15:04
Chelestini o‘tgan mavsum oxiriga qadar Moskvaning SSKA klubini boshqargan.
Rasman: Chelestini — «Byornli» bosh murabbiyi
Фото: Getty Images

Shveysariyalik mutaxassis Fabio Chelestini Chempionship ishtirokchisi «Byornli» klubi bosh murabbiyiga aylandi.

«Fabio jamoaga ishtiyoq, tajriba va bilim olib kiradi. Biz aynan shunday mutaxassisni izlayotgan edik. U «Byornli»da ishlash uchun ulkan qat’iyat va kuchli istak borligini namoyon etdi. Bizga aynan shu yerda bo‘lishni va klubning rivojlanishiga yordam berishni chin dildan istaydigan insonlar kerak. Fabio bunga yorqin misol bo‘la oladi», — deya sport direktori Diego Lopesning so‘zlarini klubning rasmiy sayti keltirmoqda.

Chelestini o‘tgan mavsum oxiriga qadar Moskvaning SSKA klubini boshqargan va jamoa bilan Rossiya Superkubogida g‘olib chiqqan edi.

Chempionshipda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvdan so‘ng «Byornli» 8 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 22-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bernli Bernli
Bugungi yangiliklar