Rossiya kubogi guruh bosqichi 5-turida «Spartak» klubi o‘z maydonida «Rubin»ni qabul qildi. Bellashuv 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 7-daqiqada Dimitriyev tomonidan urildi.
Ushbu bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov asosiy tarkibda maydonga chiqib, ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
Bu natijadan so‘ng «Spartak» 13 ochko bilan A guruhida peshqadamlik qilmoqda. «Rubin» esa 4 ochko to‘plab, 3-pog‘onada bormoqda.
Rossiya kubogi. 5-tur
Spartak M – Rubin 1:0
Gollar: Dimitriyev 7.
Rubin – Nigmatullin, Lobov, Teslenko, Samoshnikov, Jahongir O‘rozov (Vujachich, 46), Ivu, Saavedra, Bezrukov (Kabutov, 62), Babaev, Salsedo (Motorin, 60), Jochich.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi