Live
2
O'zbek

Artiga muddatidan oldin ishlan bo‘shatilgan uchun qancha pul oladi

Futbol
25 oktabr, 01:38
Qozonning «Rubin» klubi ispaniyalik mutaxassisga 12 mln rubl to‘lab beradi.
Artiga muddatidan oldin ishlan bo‘shatilgan uchun qancha pul oladi
Foto: Gettyimages

Qozonning «Rubin» klubi bosh murabbiy lavozimidan ozod etilgan Frank Artigaga 12 mln rubl to‘lab berishi kerak. Ispaniyalik mutaxassisning shartnomasi 2027-yil 30-iyunga qadar mo‘ljallangan edi.

Klub endilikda sobiq bosh murabbiyiga 2026-yilning qolgan qismi, ya’ni 3 oylik maoshini to‘lab beradi. Artiganing oylik maoshi 4 million rublni tashkil qilar edi.

Ta’kidlash lozim, Artiga bilan birga jamoani uning yordamchilari ham tark etgan, ertaga, 26 oktyabr kuni Oleg Kuzmin vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida ilk mashg‘ulotini o‘tkazadi, deb xabar berdi Ivan Karpov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov safida to‘p tepayotgan «Rubin» ichki chempionatda «Krilya Sovetov»ga imkoniyatni boy bergach, qatorasiga 3-mag‘lubiyatdan keyin, Artigaga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Rubin Qozon Rubin Qozon
Bugungi yangiliklar