Live
3
O'zbek

Arteta Salibaning jarohatdan keyin safga qaytishi haqida

Futbol
25 oktabr, 01:09
Londonliklar ustozi noyabr-dekabr oylarida safga qaytishi kutilayotgan fransiyalik markaziy himoyachini tilga oldi.
Arteta Salibaning jarohatdan keyin safga qaytishi haqida
Foto: Gettyimages

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoaning jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirayotgan fransiyalik himoyachisi Vilyam Saliba haqida gapirdi.

Fransiya milliy jamoasi a’zosining safga qaytishi noyabr-dekabr oylarida amalga oshadi, deb taxmin qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, Saliba yangi mavsumda hali birorta o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. Hozirda «to‘pchilar» himoyasi markazida Gabriel va Ezri Konsa juftligi harakat qilmoqda. Aynan shu ikki futbolchi «Everton»ga qarshi bahsda (2:0) 1 tadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Saliba hali tiklanib ulgurgani yo‘q, biz uning qaytishini intiqlik bilan kutyapmiz, chunki nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz. Himoyachilar borasida omadimiz chopgan va maydonga Moskera tushsa, u ham ishonchli o‘yin ko‘rsata oladi. Bu yigitlarning barchasi – o‘zgacha. Ularning mashg‘ulotlarga munosabati, rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi, o‘zaro bir-birini tushunishi, g‘amxo‘rlik qilishi. Jamoamizning chiroyi ham aslida shunda», – deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Konnor Xamm.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» 27 oktyabr kuni Liga Kubogi doirasida «Flitvud»ga qarshi maydonga tushadi.

Bugungi yangiliklar