Fransiya chempionatining 8-turida «Lans» klubi «Parij»ni qabul qildi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Koleosho mehmonlarni oldinga olib chiqdi. 63-daqiqada Toven muvozanatni tikladi. 83-daqiqada Torgan Azar «Lans»ning g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Bu g‘alabadan so‘ng mezbonlar ochkolari sonini 13 taga yetkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. 14 ochkosi bor «Parij» esa 4-pog‘onada.
Liga 1. 8-tur
Lans — Parij 2:1
Gollar: Toven 63, Azar 83 – Koleosho 45.
Lans – Risser, Agilar, Todibo (Antonio, 61), Baydu, Yudol, Kyuizans, Aydara (Titraui, 71), Abdulhamid (Skorash, 85), Toven, Ivanovich (Torgan Azar, 61), Sotoka (Kadile, 85).
Parij – Nkambadio, Koppola, Mbou, Kamara (Saymon, 67), Otavio, Melu, Maksim Lopes, Koleosho, Pajis (Matondo, 67), Kebbal (Zabi, 76), Sinayoko.