Live
9
O'zbek

UFC. Kavana Ramazon Temirovni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi

MMA
24 oktabr, 15:35
    60
Bu Temirovning professional MMA’dagi to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
UFC. Kavana Ramazon Temirovni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratdi
Фото: Getty Images

Abu-Dabi shahrida UFC 333 turniri davom etmoqda. O‘zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov britaniyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

O‘ta yengil vazn toifasidagi reyting jangi 1-raundda texnik nokaut bilan Kavana foydasiga yakunlandi. Ramazon ketma-ket zarbalarni qabul qilib olishi oqibatida hakam jangni yakunlashga qaror qildi.

Bu jangga qadar Temirov reytingda 7-o‘rinni egallab turgandi. Lone esa 6-pog‘onani band etgandi.

Bu Temirovning professional MMA’dagi to‘rtinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Uning hisobida 20 ta g‘alaba ham bor.

Lone Kavana esa professional faoliyatidagi g‘alabalari sonini 11 taga yetkazdi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

60 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar