«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionati 7-turidan o‘rin olgan «Frayburg»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Myunxen klubining rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo — oyoq payining surunkali tendiniti sababli bo‘lajak uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «Frayburg» o‘rtasidagi bahs 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:30 da boshlanadi.
Ayni paytda «Bavariya» Germaniya chempionati turnir jadvalida 14 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Avvalroq jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani ham sog‘lig‘idagi muammolar sabab «Frayburg» bilan bellashuvda jamoasiga yordam bera olmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.